lirik lagu tohir mahkamov – hayot
Loading...
hayot ~ o’rmon tulkisi
och bo’riga o’xshaydi
tiz cho’kib yo’lbarslari
najot so’rab yig’laydi
hayot ~ hayot, odamlar
goh odamga o’xshamas
xokisor qalb yig’laydi
yetim nolon to’xtamas
hayot ~ osmon yulduzi
armon deydi eskilar
shohni ham, gadoni ham
mehmon deydi eskilar
hayot ~ karvon uyasi
sahrodan suv so’raydi
sabrning kosasiga
o’rgimchak to’r o’raydi
hayot ~ sharob, quyilib
kayf yarmida tug~ydi
bag’irlar kabob bo’lib
kir ko’rada tutaydi
hayot ~ bevafo go’zal
hech kimga qilmas vafo
bandang bilib bandangni
asragin qodir, xudo
hayot ~ bekat, keladi
va ketadi qanchalar
kimdir mag’rur yashaydi
kimdir ostona yalar
hayot ~ achchiq haqiqat
u kimga ham yoqardi
haqni haq bilganlarning
go’rda sochi oqardi
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu nizi19 – stecknadeln (outro)
- lirik lagu doctor marla – se governassi il mondo
- lirik lagu enemth – with you
- lirik lagu the penninsula – those nights
- lirik lagu ly$ aaron & virtual flavor – cardenal rossell
- lirik lagu kup kodein – tt2 (intro)
- lirik lagu painted saints – tinder
- lirik lagu leonard ibhadiyi – c.h.a.n.g.e.
- lirik lagu tonno – il giorno in cui tutti
- lirik lagu leslie bricusse – what kind of fool am i?