lirik lagu shaka (uzb) – yulduzimsan
[matn “yulduzimsan” ft. bakhtiyor rahman]
[verse 1: shaka]
o‘sha yulduz ~ o‘sha yulduz, so‘nmadi hali hanuz
lek yuzin zab berkitdiyu sayyoramga keldi kuz
uzluksiz ul zulfi bilan ob havoyim boshqarar
qarorgohim u yulduzga umidsizlarcha mahbus
tuzdek qotgan ko‘zlarimga shuʼlasi yetg~ymikin
muzdek qalbim ashulasidan erib ketg~ymikin
men ne yo‘ldoshdirman~ki ul yulduz~la hamxona
to‘qnashsammikan yo, gravitatsiya bahona
goho kimlar ozib~yozib, yonidagi qizlariga
yulduzlarni uzarman der, go‘yo ular izmlarida
koinot, lek afsus yo‘q bunday tizim
zimiston bo‘lardi ko‘k, yulduzlarni uzganimizda
kezi kelib quyoshni ham uzib olsak gar
saharimni qaytar deb jo‘sh urardi shaharlar
men yaxshi repper, lek sariq chaqa qaro ko‘nglim
sen bir tiyinlik repper, lek taratgan nuring so‘lim
[naqorat: bakhtiyor rahman]
yulduzimsan, samolardan nur sochgan
gulyuzim
yulduzimsan…
[verse 2: shaka]
o‘sha shaka, o‘sha shaka, uchar raketadaka
bir yuz ellik million kilometr bir o‘zi falakda yakka
butun umri uvolmasdir manziliga yetmakka, lek
ne yuzqarolik turtkiladi uni uchib ketmakka?
koinotda musofir u, goh soxta, goh haqiqiy u
yurtdan ayro kimsa vayron, xoh muslim xoh yahudiy u
kamina tohirdir u yulduz zuhro bo‘lsa gar
aylanib o‘rgilib, oxir talpinaman ul qadar
[naqorat: bakhtiyor rahman]
yulduzimsan, samolardan nur sochgan
gulyuzim
yulduzimsan…
yulduzimsan
somon yo‘lidan qochgan gulyuzim
yulduzimsan…
[outro]
yulduzimsan
gulyuzimsan
yulduzimsan
yulduzimsan
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu los mox! – borrachita
- lirik lagu brayjamin – fishy fish fish in a fishy fiscal world
- lirik lagu scro – make it
- lirik lagu ron lee – 4 da 30
- lirik lagu 張敬軒 (hins cheung) – 青春告別式 (the last mad surge of youth)
- lirik lagu mc marklev111 – наперекор судьбе (versus the destiny)
- lirik lagu alex gough – runnin’
- lirik lagu the hoppers – mention my name
- lirik lagu grupo hacendado & herencia de patrones – resultado
- lirik lagu whyke – u are perfect to me (remix)