lirik.web.id
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu qarz - xotiralar xazoni

Loading...

[«xotiralar xazoni» qo‘shig‘i matni]

[intro]
zamon boshqacha bo‘ldi, zamon
amaling, puling bo‘lsa, hamma poyanga tiz cho‘kadi, gaping qilichdek keskir bo‘ladi
aqlniyam amal yengadigan bo‘ldi, do‘stim

[ko‘plet 1]
ko‘ngildan kelganda sado, lek qolmaganida mador
alam qilarkan yo‘l boshlaganingda kutilmaganda ketsa motor
ahvoling og‘ir, usti~boshing kir va qanotlar singan (mm~mm~mm)
atrofda ikki og‘iz gap — «tiriksan», qil qanoat shunga, lek do‘stim
ayt qachongacha u kunlar kelguncha, bu kunlar o‘tkinchi
«mana man» degani ko‘p, lekin aytib ko‘r
mani ham yo‘limdan yurib ko’rsinchi, bir ko‘raylik
bu xatlarga uzundan uzun savollarga kelarmikan javob?
o‘z dardiga qidirgan davo, azob yo’llarda ham olarmikan savob?
ayt!

[naqarot]
yolg‘izlik jazosimi yo sog‘inch azobi?
yurak oddiy a’zodir, deyish ham bir tasodif
yoshligingda intilarding ko‘raman deb fazoni
endi esa shamol titar xotiralar xazoni
yolg‘izlik jazosimi yo sog‘inch azobi?
yurak oddiy a’zodir, deyish ham bir tasodif
yoshligingda intilarding ko‘raman deb fazoni
endi esa shamol titar xotiralar xazoni
[ko‘plet 2]
yosh bollardek qarayvergandan osmonlarga
dardlarim bir kitob, gapirganim bir so‘z bo‘lganda
omadsizlik yo‘li maftun bo‘lib yo ko‘z qo’yganda
har kun yaxshi kunlar kelishiga bir oz qolganda
qo‘y, eslatma, dardim ko‘p, oshmas kamim
qo‘y, tuz sepma bu yaramga oshpaz kabi
yo‘q, aslo gapirganim ko‘zyosh mas hali
erta~yu kech har doim ham kun botmas axir
shoshilma nari tur, yoshliging bari klub
maoshing oshirish uchun boshlig‘ing bag‘rin o‘p
boshimni ming marta urib olgan bo‘lsam ham
ishongim kelmaydi do‘stim, negadir bardoshim sabri ko‘p
vaqtni aldadik qochdik, qayerda qoldi yoshlik?
baxtsiz kunlardan «avans» oldim baxt deb maoshdek
yuragimni ochib, ming marta mezbon bo‘ldim lek
tupurganlarni ko‘mib qumga, bo‘lib ketdi bag‘rim toshdek

[naqarot]
yolg‘izlik jazosimi yo sog‘inch azobi?
yurak oddiy a’zodir, deyish ham bir tasodif
yoshligingda intilarding ko‘raman deb fazoni
endi esa shamol titar xotiralar xazoni
yolg‘izlik jazosimi yo sog‘inch azobi?
yurak oddiy a’zodir, deyish ham bir tasodif
yoshligingda intilarding ko‘raman deb fazoni
endi esa shamol titar xotiralar xazoni


Lirik lagu lainnya:

LIRIK YANG LAGI HITS MINGGU INI

Loading...