lirik.web.id
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu qarz - uz'rrr

Loading...

[«uz’rrr» qoʻshigʻi matni]

[intro]
“ma’no” deydilar
oʻzi ma’no nima?
oq balkim qora boʻlib
qora — oq boʻlib chiqsachi?
ma’no — ma’nosiz boʻlib
ma’nosiz — ma’no boʻlib chiqsachi?
balki bizlar hozir hammamiz oʻlikdirmiz?
ye, qarz
ikki nol yigirma besh
fristayl

[koʻplet]
yozgan asarlarim — bu oʻzbek adabiyoti
mazza qilsam boʻlmasdimi yo soyada yotib?
hamma oʻzi javobgar — yakunda oʻz hayoti
shunchaki yosh avloddan boʻlaman~da xavotir
abdulla avloniy, qodiriy, fitrat, choʻlpon
katta qoʻy podasiga yetar kichkina choʻpon
uzr lekin sal kesatkan boʻlsam yozib qoʻpol
kallani ishlatma — qoʻlingga tinchkina choʻp ol
tupurgan tupuringda soʻlakdan koʻra nos koʻp
qarz awp’da urmaydi tasodifiy «no scope»
milliy brend uchun harakatdaman goʻyo bosco
man aloqada: samarqand, toshkent, yoki moscow
oʻrgimchak toʻri bosgan aqling uchun supurgi
nechi qavat changga toʻlgan bechora bu koʻngil?
oʻzbekchilikda bo‘ladi. asablashma, qoʻygin
ma’nosiz kontentdan rosti oshqozonim toʻygan
ogʻzingdan tushmaydi million~milliard soʻmlar
profilingda toʻla har xil soxta tabassumlar
qanday qilib koʻtarolsang haypdagi mavzular?
paydo boʻldi «qarz» degan oʻyinchi bu mavsumda (a)
koʻtarolsam koʻtarardim yonimdagilarni
oʻzbek repida zilzila, man uchar gilamda
koʻzimga qarab gapirsang oldingga kelardim
ozgina aqling oʻstirish man uchun bu план’da
yuragimda ogʻriq
kelajakdan yoʻq umid goʻyoki ongim oʻruell
har kuni qora shanbadek huddi oʻzzi oʻzbroʻn
ma’nosiz musiqadan himoya koʻza noʻstra
obroʻying tasdiqlaydigan toʻrtta harf: «boss»man
manga rep oʻrgatmoqchi boʻlgan aqli sayoz~ku
miyasi ishlaydigan yoʻq emas, balki bordir
farqimiz shunda: man boshqa сорт’dan
oramizda «border»
aslida olib qarasang ichimda yoʻq zulmat
barcha gaplarim hazil, koʻnglingga olib yurma
birinchi navbatda doim boʻlar izzat~hurmat
shunchaki ozgina kitob oʻqi, qarab turma (ey)
[refren]
hammasi hazil, satira, kulgi
mani tark etganidi bechora uyqim tungi

[refren]
hammasi hazil, satira, kulgi
mani tark etganidi bechora uyqim tungi

[autro]
yey, qarz, pull up
ikki nol yigirma besh
fristayl


Lirik lagu lainnya:

LIRIK YANG LAGI HITS MINGGU INI

Loading...