
lirik lagu qarz - faktotum
[«faktotum» qo‘shig‘i matni ft. konsta]
[ko‘plet 1: qarz]
aniq fanlarga o‘tmadi tishim
raqamlardan iborat dunyoda gumanitariyman
haligacha topolmadim ishimni
pul va baxt orasida bilmadim nima tanlayman
patnis to‘la idish~tovoq tashuvchisi
odam to‘la avtobusdagi chiptachi
tabassumi majburiy ofis ishchisi
o‘tgan umrimga ketmasa ichim achib (yo‘q)
ba’zan yetmaydi shijoatim
ertangi kunimga bo’lgan ishonchim so’nib bo’lgandek
dunyo tuganmas sir~sinoati
omad qo‘rasidagi koeffitsient nega doim nolga teng?
marra sari tezroq uchay desam
yo‘limda to‘siqlar chiqar, afsuski yetmishga radardek
musiqang nima berar? — deb qotar ensam
manikidek qalb egasiga nayzadek qadaldim
[naqarot: qarz]
bor~u yo’g’im asli mana shu, uzoq yo’lim asli mana shu
kerak emas ming xil tanishuv
cho’qqilardan sakragan qalbinga shu oj~z musiqam bo‘lsin parashut, ammo
bor~u yo’g’im asli mana shu, uzoq yo’lim asli mana shu
kerak emas ming xil tanishuv
cho’qqilardan sakragan qalbinga shu oj~z musiqam bo‘lsin parashut, ammo
[interlyudiya: qarz, konsta]
hayotingni eng muhim ikkita kuni mavjud: biri — san dunyoga kelgan kun
ikkinchisi — nima uchun kelganingni tushungan kuning (ey, ey)
[ko‘plet 2: konsta]
bir, ikki, uch, to‘rt, besh — ertalabgi
oyna oldidagi breynshto‘rm: «javob ber talabga!»
muammo kelmaydi bittalab hech
to‘qsoninchi yillar kimni erkalapti?
labirint ichidagi har xil yo‘llar — ustozimiz
перспектива ko‘rinmasa — orzu oddiy so‘z emas
oddiy kir qog‘oz emas bu ko‘pletlarim
uchib ketiladi bu ko‘chadan, lekin hozirmas
universal pictures, universal kasb
ishdan qochish yo‘q, halol pulni bersa — bas
ammo ko‘cha cho‘ktiradi o‘z botqog‘ida
maqsadi bor sog‘ odam — gigant, gulliver sifat
bir, ikki, uch, to‘rt — beshinchi urinish
hayot sinovlari laycha qib qo‘yadi bo‘rini
bir, ikki, uchta qadam, nari borsa — ko‘rinar
davomi qorong‘u, yurganda ko‘rasan borini
bu oddiy hayot, seniki qiyinmi? ayt, sen!
maqsad uchun o‘n ming soat har kuni — bu kaizen
bu oddiy hayotida обед’ga pul bo‘lmasa?
bizga bu клоун’laring kulgumas~u
noziklar turayveradi, kimdir «yur!» demasa
maqsadi yo‘qlar hayotdayam bir xil t~rdi, mazza
biz kelgan joylarda och qolardi, yugurmasa
bu oddiy hayot — bu bir baza! (baza)
[naqarot: qarz]
bor~u yo’g’im asli mana shu, uzoq yo’lim asli mana shu
kerak emas ming xil tanishuv
cho’qqilardan sakragan qalbinga shu oj~z musiqam bo‘lsin parashut, ammo
bu hayot o‘tаr bir zumda — ishonmasang, qara ko‘zguga
yulduzlar aylanib yog‘duga — millionlar allaqachon asta ko‘z yumgan~ku
tamom!
[autro: qarz]
(bor~u yo’g’im asli mana shu, uzoq yo’lim asli mana shu)
(kerak emas ming xil tanishuv)
(cho’qqilardan sakragan qalbinga shu oj~z musiqam bo‘lsin parashut, ammo)
(bu hayot o‘tаr bir zumda — ishonmasang, qara ko‘zguga)
(yulduzlar aylanib yog‘duga — millionlar allaqachon asta ko‘z yumgan~ku)
(tamom!)
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu v. c. clinton-baddeley - john masefield: mother carey
- lirik lagu doyoushmal, bigdblv - джентльмены (gentlemen)
- lirik lagu shanya?.//qxs.www1exe - moom - 7 saneking
- lirik lagu stella the most known - can't love you
- lirik lagu babypills - котики снесут мне... + виски (cats will blow...)
- lirik lagu the hacky turtles - vendetta
- lirik lagu absent & sierra kidd - millies
- lirik lagu ateliere de creație - alternativ
- lirik lagu lazza - safari (opera)
- lirik lagu the shirelles - doin' the ronde