lirik lagu юлдуз усманова (yulduz usmanova) - yursin karvonlar
[verse 1]
laganbardorlar talashib o‘rin
bir~birining quritar sho‘rin
tentak bermay tentakka to‘rin
quritadi tentakning sho‘rin
san’atkorlar izlashib zo‘rin
bir~birining quritar sho‘rin
olim topib olimning go‘rin
kasbdoshining quritar sho‘rin
[chorus]
garchi shuncha mag‘rur tursa ham
piyolaga egilar choynak
shunday ekan manmanlik nechun
kibr~u havo nimaga kerak?
kamtarin bo‘l hatto bir qadam, eh, yarim qadam
o‘tma g‘urur ostonasidan
piyolani inson shuning uchun
o‘par doim peshonasidan
karvonlar ko‘p — rizqi bo‘lakdir
mayli yursin o‘sha karvonlar
insonlar ko‘p — taqdirlar bo‘lak
lekin qabrlar boshqa~boshqadir
[verse 2]
qassoblar~ku hammadan burun
tanishim quritar sho‘rin
shoirlar~chi berib qalb qo‘rin
she’r yozmoqning o‘rniga ko‘ring
o‘lmay turib talashib ko‘ring
bir~birining quritar sho‘rin
ahmoq bermay ahmoqqa to‘rin
quritadi tentakning sho‘rin
[chorus]
garchi shuncha mag‘rur tursa ham
piyolaga egilar choynak
shunday ekan manmanlik nechun
kibr~u havo nimaga kerak?
kamtarin bo‘l hatto bir qadam, eh, yarim qadam
o‘tma g‘urur ostonasidan
piyolani inson shuning uchun
o‘par doim peshonasidan
karvonlar ko‘p — rizqi bo‘lakdir
mayli yursin o‘sha karvonlar
insonlar ko‘p — taqdirlar bo‘lak
lekin qabrlar boshqa~boshqadir
karvonlar ko‘p — rizqi bo‘lakdir
rizqin yesin o‘sha karvonlar
insonlar ko‘p — taqdirlar bo‘lak
so’roqlari boshqa~boshqadir
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu xgum - iheart
- lirik lagu anorexicwallet - how do you trust a guy? (mr. right)
- lirik lagu youngboy never broke again - break all rules
- lirik lagu 99 coats - new weather
- lirik lagu rika miku - cringe control
- lirik lagu solrisyours - home
- lirik lagu kip london - roll me right
- lirik lagu ratha david loun - more than friends freestyle
- lirik lagu 1heartguy - caffé
- lirik lagu ben reneer - deep divide