lirik lagu юлдуз усманова (yulduz usmanova) - ota faryodi
[verse 1]
bir otaning yig’lagani ko’rdim men
ezilib dardini aytdi, tingladim men
o’zi yosh, sochlari oppoq, dardi tog’
dedi: suvga berib qo’ydim bolam men
o’g’lim ismim otabek deb qo’ygan edim
o’zbegimning g’ururi deb suygan edim
kenja bolam, erka bolam, bilmaysan~ey
sen ketib o’xshab qoldim yetimga men
[chorus]
bola dog’in ko’rmasin, orqadan yig’lamasin
qurgan katta umidlar ustundek yiqilmasin
ota bo’lmoq o’zimas, farzand bermoq osonmas
yo rab, bunday dard berma, yurak bunga chidolmas
[verse 2]
bahor keldi, mening bog’im yashnamadi
yolg’iz qoldim deguncha dil g’ashlanadi
yana qancha chidash mumkin, qayga boqmay
suv yuzida aksing ko’zga tashlanadi
nasib qilsa, maxsharlarda ko’rishamiz
ishonaman, jannatlarda topishamiz
o’g’lim, kechir, seni asray olmadim men
bir kun oyda to’y qilamiz senga biz
[chorus]
bola dog’in ko’rmasin, orqadan yig’lamasin
qurgan katta umidlar ustundek yiqilmasin
ota bo’lmoq o’zimas, farzand bermoq osonmas
yo rab, bunday dard berma, yurak bunga chidolmas
[chorus]
bola dog’in ko’rmasin, orqadan yig’lamasin
qurgan katta umidlar ustundek yiqilmasin
ota bo’lmoq o’zimas, farzand bermoq osonmas
yo rab, bunday dard berma, yurak bunga chidolmas
[spoken words]
yurak bag‘rim ado qildi bu dard~u sitam
hech ishongim kelmas, hanuz qilar alam
ah, bolam~a, ey voh, endi diydor qoldi qiyomatga
sen ko‘lga, men ko‘z yoshiga cho‘ktim, bolam
ko‘z yoshiga cho‘ktim, bolam
bu dunyolik alvido, bolam
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu явбой (yawboi) - белый песок
- lirik lagu 黑曜精靈 (twinkle black) - twinkle! twinkle!
- lirik lagu ava gasparini - things i couldn't say out loud
- lirik lagu doom shop productions - pure dope
- lirik lagu lapeausurlesos - luigi mansion!
- lirik lagu castlebeat - tonight
- lirik lagu dawgman - ball on a string
- lirik lagu jj slow & chrvs - gazelle
- lirik lagu jules paymer - lost cause
- lirik lagu ariiz - dancing in the dark