lirik.web.id
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu юлдуз усманова (yulduz usmanova) - kunglim guli (ko'nglim guli)

Loading...

bu toshlarga qor tushar
bog’larda anor pishar
qachon mening tog’ qalbim
sen bog’ bilan topishar

bu toshlarga qor tushar
bog’larda anor pishar
qachon mening tog’ qalbim
sen bog’ bilan topishar

ey tog’dagi mag’rur qush
sovuq toshga bosma to’sh
bu darada bir qiz bor
yostig’ining yarmi bo’sh

cho’qqidagi qoya tosh
yolg’izlikdan egar bosh
yakkalasa yomg’irlar
ko’zlaridan to’kar yosh

cho’qqidagi qoya tosh
yolg’izlikdan egar bosh
yakkalasa yomg’irlar
ko’zlaridan to’kar yosh

ey tog’dagi mag’rur qush
sovuq toshga bosma to’sh
bu darada bir qiz bor
yostig’ining yarmi bo’sh
bog’da ham bir tanho gul
tanholikdan a’lo gul
ko’z yoshiga yuz yuvar
so’ngsiz g’amlarga mashg’ul

sen yolg’izsan qil diqqat
ikkimizga yo’q shafqat
o’rtamizda ovvora
sarson bo’ldi muhabbat

sen yolg’izsan qil diqqat
ikkimizga yo’q shafqat
o’rtamizda ovvora
sarson bo’ldi muhabbat

bog’da ham bir tanho gul
tanholikdan a’lo gul
ko’z yoshiga yuz yuvar
so’ngsiz g’amlarga mashg’ul


Lirik lagu lainnya:

LIRIK YANG LAGI HITS MINGGU INI

Loading...