lirik lagu юлдуз усманова (yulduz usmanova) - gar o'lsam
samodagi yulduzlarga ko’chsam hamki
zulmatlarda shamdek yonib o’chsam hamki
olislarda sendan ayro tushsam hamki
daryo bo’lib toshar ko’nglim, toshar ko’nglim
yurak sen deb urib turar ~ ona yurtim
sen bo’lmasang bo’larmidim ~ yulduz bugun?
ishqingdan qalb yonar kecha~kunduz bu kun
chuqur botdi qalbimga bir ildiz bu kun
ildizidan uzilsa kim shaksiz so’nar
ildizidan uzilmagan chinor bo’lar
gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar
yirtiq~yamoq bo’lsa~da tobutimga yopinglar
ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bir xatodir
bu dunyodan topganim shu bir parcha – matodir
senga tomon talpinarman, yuragim sen
har qadamda panoh menga, keragim sen
qayda bo’lmay sening bitta bo’lagingman
kecholmasman sendan, asl o’zligimsan
qora qoshli, qora ko’zli o’zbegimsan
men vatanni alishmasman dunyolarga
alishmasman parij, rim, amriqolarga
tuprog’ingni zarrasin teng tillolarga–ey
ona yurtim dildan sevgan dilbandingman
xizmatingga kamarbasta farzandingman
gar o’lsam beshigimning yopinchig’in topinglar
juldur~javoq bo’lsa~da tobutimga yopinglar
ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bari xatodir
bu dunyodan topganim shu bir parcha – matodir
shu bir parcha – matodir
chiqmay turib shirin joni badanidan
kechmas yulduz o’z elidan, vatanidan
ayro tushmas bulbul ham o’z chamanidan
bulbul bo’lib navo qildim bog’laringda
garchi qancha alam qoldi zog’laringda
alam qoldi zog’laringda
gar o’lsam, beshigimning yopinchig’in topinglar
yirtiq~yamoq bo’lsa~da, tobutimga yopinglar
ko’rsinlar yig’ilganlar, umrim bari xatodir
hayotimda topganim shu bir parcha – matodir
shu bir parcha – matodir
umrim bari xatodir
shu bir parcha – matodir
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu młody zgred & pikers - angst
- lirik lagu emily vaughn - like i love you
- lirik lagu nagazh (arg) - sufrimos amamos y odiamos
- lirik lagu st. paul & the broken bones - nothing more lonely
- lirik lagu ariel fitz-patrick - turn it around
- lirik lagu soooo - my time (cover)
- lirik lagu kevin gates - ooh ooh
- lirik lagu jeff beck - tiger rag (live at the iridium, june 2010)
- lirik lagu redseas07 - blood - spill
- lirik lagu mahogany (andrew prinz) - tesselation, formerly plateau one