lirik lagu юлдуз усманова (yulduz usmanova) - faqat sabr tiladim
[verse 1]
bo‘g‘zimga tiqilgan ul toshlarni yutolmadim
ko‘zimga sig‘magan ul yoshlarni yutolmadim
minnatga damlangan ul oshlarni yutolmadim
demangiz, men o‘zimga bilib jabr tiladim
tilasam gar ollohdan, faqat sabr tiladim
[chorus]
tiladim
yig‘lab~yig‘lab tiladim
yuragimdan tiladim
hammamizga tiladim
ham yaxshi, ham yomonlarga
faqat sabr tiladim
[verse 2]
tuhmatchining tilagin tarozi tortmas ekan
oriyat osmonining quyoshi botmas ekan
qadrini qalqon bilgan poygakda yotmas ekan
bandaman, goh~gohida manam nadir tiladim
tilagimning so‘nggida qo‘rqib sabr tiladim
[chorus]
tiladim
yig‘lab~yig‘lab tiladim
faqat sabr tiladim
arofatlarda tiladim
yurtimizga omonlik, barakotlar tiladim
[verse 3]
nafsining quli bo‘ldi qilganda ilk bor xato
jannatning chamanidan quvildi odam ato
bu qanday dard erurki, bandasi topmas davo
demagin, qodir egam, sendan qahr tiladim
ojizman ostonangda, qulman, sabr tiladim
[chorus]
tiladim
yig‘lab~yig‘lab tiladim
arofatlarda tiladim
ham minolarda tiladim
hammamizga imon~insof
faqat sabr tiladim
tiladim
yig‘lab~yig‘lab tiladim
faqat sabr tiladim
hammamizga tiladim
yig‘lab~yig‘lab uhlamay
imon~insof tiladim
[spoken word]
shayton la’in qonida jilmayadi aldamchi
muhammad mustafodek kim solur unga qamchi
joynamoz jamolida yoshim tomchi~tomchi
imon oshiqi dilga safti~sadr tiladim
umrijonga baraka, haqdan sabr tiladim
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu 容祖兒 (joey yung) - 夢路 (yumeji)
- lirik lagu b1nk - hqd
- lirik lagu flavour - ada bekee
- lirik lagu blood.harmony - ego.death
- lirik lagu cultist (ch) - hate
- lirik lagu rytmus - nekonečno & 1 flow
- lirik lagu justin angel (shepherd) - lust & rage
- lirik lagu юлдуз усманова (yulduz usmanova) - sev (meni sev)
- lirik lagu gracia bella vita - 花火之下的誓约 (promise under the fireworks)
- lirik lagu madeline hawthorne - neon wasteland (live in colorado)