lirik.web.id
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu ulug’bek rahmatullayev – siz yig’lamang

Loading...

dunyo juda go’zal edi yuz burmadim
netay bitta savobga ham ulgurmadim
do’stlar bilan kulib davron surolmadim

onajonim bag’ringizdan olis ketdim
siz yig’lamang jannatlarga borib yetdim

mehr nedur muhabbat ne anglar edim
orom olsam onam bag’rin tanlar edim
tonga qadar allalarin tinglar edim
beshigimda yotib rizqim olib ketdim
siz yig’lamang jannatlarga borib yetdim

dunyolarga kim to’yibdi men to’ymasam
koshki kulib ikki bora qadam qo’ysam
shirin-shirin diydorlarga quloch yoysam
ota-onam ko’z yoshida oqib ketdim
yig’lamangiz jannatlarga borib yetdim

taqdir kimni o’ynatadi kuldiradi
yana kimni ko’z yoshiga to’ldiradi
yashnab turgan g’uncha nigoh so’ldiradi
oppoq qordek sochingizga yog’ib ketdim
yig’lamangiz jannatlarga borib yetdim

ko’p maslahat berg-y hayot quloq tuting
yorug’ kunlar nur sochadi tongni kuting
kulib yashang g’amlar ketsin va unuting
peshonada taqdirimdan nolib netay
onajonim jannatlarga borib yetdim


Lirik lagu lainnya:

LIRIK YANG LAGI HITS MINGGU INI

Loading...