
lirik lagu konsta - xavotir olmang
[«xavotir olmang» qo‘shig‘i matni]
[naqarot]
havotirlanmang, meni o‘ylamang
endi yosh bolamasman, o‘ziz uchun yashang
qo‘llarni duoga ko‘targanda eslang
qolgan barchasi zo‘r, siz havotirlanmang
[ko‘plet 1]
havotir olmang, o‘zim uchun o‘zim kuyganim yetar
kutib uyqudan qolmang, o‘g‘lingiz konsert qo‘ygani ketar
meni kutar minglab odamlar, yangi shahar
ko‘pincha to‘g‘ri qilaman, ko‘p narsa bilaman, nimadir yutaman, hattoki yanglishib ham
usti bosh endi mavzu emas
buyumlarga to‘la uyimiz
pul oldingidek muhim emas
uni hisob raqamlarga qo‘yamiz
havotirlarga o‘rin qolmadi
quvoning bugun ko‘rib omadim
umid qilaman, bu qiyshiq yo‘llardan o‘tguncha o‘zim ham o‘zgarib qolmadim
[naqarot]
havotirlanmang, meni o‘ylamang
endi yosh bolamasman, o‘ziz uchun yashang
qo‘llarni duoga ko‘targanda eslang
qolgan barchasi zo‘r, siz havotirlanmang
[ko‘plet 2]
esimda qanchalik ko‘p umidlaringiz bor edi
ko‘p havotirlandingiz orada
tunlarim bo‘lganida qoradan
esimda qanchalik ko‘p narsadan kechdiz men uchun
ta’lim olishim uchun
men esa boshqa yo‘lni tanladim
lekin oxiri uddaladim
esingizdami o‘sha kunlar
zo‘rg‘a uchiga uchini ulab
bo‘lgani bo‘ldi, o‘rganib qoldik
bizni sinar edi sinovlar
esimda hammasi kim biz bilan edi
kimlar ketib kuchliroq qildi yana~da
ba’zi yaqinlar bo‘lgandi begonadek
kunlarni yillardek sanadim
ishonchingiz meni qo‘lladi
bo‘m~bo‘sh hamyon xuddi to‘ladek
ketib uzoqlarga dollar deb
lekin maqsadim bor edi yo‘llarda
men «xammasi yaxshi» deb aldadim ko‘p
havotir olmasligingiz uchun
endi rostdan bugun hammasi zo‘r
bu yutuqlarim bari siz uchun
[naqarot]
havotirlanmang, meni o‘ylamang
endi yosh bolamasman, o‘ziz uchun yashang
qo‘llarni duoga ko‘targanda eslang
qolgan barchasi zo‘r, siz havotirlanmang
havotirlanmang, meni o‘ylamang
endi yosh bolamasman, o‘ziz uchun yashang
qo‘llarni duoga ko‘targanda eslang
qolgan barchasi zo‘r, siz havotirlanmang
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu shawny binladen - ytb
- lirik lagu flfty-2 - pourin up
- lirik lagu n1kiplugg - мечты (dreams)
- lirik lagu justin macuga - goin' nowhere
- lirik lagu пурген (purgen) (rus) - они хотят (they want)
- lirik lagu sõpruse puiestee - krambid
- lirik lagu mayday (uk) - 2am in seoul
- lirik lagu la f - 9 / 17*
- lirik lagu petr novák & george & beatovens - a co dál
- lirik lagu пурген (purgen) (rus) - город крыс(city of rats)