lirik.web.id
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu konsta - mening gulistonim

Loading...

baʼzan charchaganda meni chaqiradi
baʼzi yoʻlga otlanaman ishlarimni boshqa kunlarga oʻtkazib
koʻngildan oʻtmay qolganida hazil
onam bilan bittadan chashka bu — pazl

faqat ish bilan, pul bilan butun boʻlmaydi
xohlagancha inkor et, sogʻinchni yutib boʻlmaydi
sumkada kerakli narsalar, pul mayda
bir soat qirq minut yoʻl shofyor kulmaydi

yoʻlda olaman patir, ayamga u yoqadi
koʻngil isishni boshlaydi, mayda narsalarda qadr
shofyor begona emas, u biladi qancha
yoʻl bosib oʻtgan axir bu kunlarga yetgancha

qancha yoʻqotishlar boʻldi yoʻq boʻlib ketgancha
jim ketamiz gulistonga yetgancha

mening gulistonim
19 yoshimda yaqinda qaytaman deb hatladim ostona

mening gulistonim
oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim

mening gulistonim
birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
mening gulistonim, meni
mening gulistonim

men izladim uzoq, izlarim uzun yoʻl
yozaman deb muzon izladim oʻzimni
topaman deb sevgi muzladi bu koʻngil
topdim~u, lekin bu imkoniyatim soʻngi

men shu yerda topdim deb oʻylagan edim doʻstlar
har kuni barma~bar yurib aytiladi tostlar
keyin esa boshlanadi ogʻir ishlar oyi
doʻstlar yoʻqolib qoldi yoʻqolganda sharoit

qoʻlimda togʻora, somsani sotishga harakat
oldin shu koʻchani yarimi oʻzimga qaragan
kompyuterxona admini haydaydi tashqariga
kecha sevimli mijoz endi qaragin

koʻcha hamma oʻzimizniki, begona yoʻq
bu kunlar ham menga ja ogʻir kelgani yoʻq
bir kuni past, bir kuni baland boʻlar ekan yoʻl
prosta qizlarga salom desam, salom degani yoʻq

mening gulistonim
19 yoshimda yaqinda qaytaman deb hatladim ostona
mening gulistonim
oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim

mening gulistonim
birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim

mening gulistonim, meni
mening gulistonim

odamlar shoshadi kichkina muammolari bilan
lekin issiq suvsiz choʻmilishni bari bilar
mirzachoʻlni guliston qilgan gullari bular
chiroyli odamlar~u va sal kam xarobalar

bu koʻchani nomi asfalt koʻcha haligacha
tekis yoʻllar yetib kelmadi bu mahallagacha
esimni taniganimdan beri shu ahvol
oʻzgarishlar yoʻq va koʻrinmaydi hali yechim

mening gulistonim
19 yoshimda yaqinda qaytaman deb hatladim ostona

mening gulistonim
oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim

mening gulistonim
birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
mening gulistonim, meni
mening gulistonim


Lirik lagu lainnya:

LIRIK YANG LAGI HITS MINGGU INI

Loading...