lirik.web.id
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu konsta - just be inson

Loading...

[«just be inson» qoʻshigʻi matni]

[kirish]
(re.m)

[koʻplet 1]
bu tun menda uyqu yoʻq, kutaman quyoshni
balki hammasi oʻzgaradi, yangidan boshlab
lekin hozircha osmonni kayfiyati yoʻq
yangiliklarni ham hursand qilish niyati yoʻq
sal uzoqda boshqalarni ham uyqusi yoʻq
ular tomon uchgan raketani tuygʻusi yoʻq
sigaretadagi yozuv: «chekish bu ziyon»
inson uchun inson ancha xavfliroq boʻlsayam
u tomonda boshqa gap, bu tomonda boshqa
arosatda bitta xalq, qomondon boshqa
yomonlik avjiga chiqdi, bir yomondan boshlab
shayton mazza qilib, koʻrib yotipti, yonboshlab
kimdir shunchaki doʻkonga ketganda qaytmadi
odamlar ketdi va uydagilariga aytmadi
vaholanki hech kim bunday ketishni xohlamaydi
bu ishlarni hech qanaqa sabablar oqlamaydi
balki zoʻr boʻlardi sevgi haqida yozsam
birgalikda kuylab, dunyo aqldan ozsa
sal uzoqda n0bud qildi insonni inson
aytish naqadar oson
[naqarot]
save my soul, please just be inson
i wanna be at home, please don’t steal my hope
save my soul, please just be inson
i wanna be at home, please don’t steal my hope

[koʻplet 2]
ertaga chiqadi quyosh, eritadi qorni
boshqacha tasavvur qilgan edik erta bah~rni
kecha orzu~havasga toʻla, bugun bilmas u ertaga bormi
shuncha maqsad, rejalar bekormi?
xaroba boʻldi kecha darsda oʻtirgan maktabi
buzilgan binolar~u shifoxonalari kabi
issiq toʻsh~gini qoldirib, metroda uxlab
shu axvolda noma’lum yana qancha muhlat
tushuntirib bering, qanday qilib buni oqlash mumkin?
qanday tinchgina uxlash mumkin?
9~mayda ba’zilar «xohlasak, qaytaramiz» deydi
qanday qilib buni xohlash mumkin?
men bir kichkina odamman, bilganim ham ozgina
balki hech kimga foyda keltirmaydi bu yozganim
xar ikki tomondan, xar xilcha tushintirganlar
men uchun xaqiqat bu, uyi uchun turganlar

[naqarot]
save my soul, please just be inson
i wanna be at home, please don’t steal my hope
save my soul, please just be inson
i wanna be at home, please don’t steal my hope
[naqarot]
save my soul, please just be inson
i wanna be at home, please don’t steal my hope
save my soul, please just be inson
i wanna be at home, please don’t steal my hope


Lirik lagu lainnya:

LIRIK YANG LAGI HITS MINGGU INI

Loading...