lirik.web.id
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu konsta - gulistonim

Loading...

[«gulistonim» qoʻshigʻi matni]

[koʻplet 1]
ba’zan charchaganda meni chaqiradi baza
yoʻlga otlanaman, ishlarimni boshqa kunlarga oʻtkazib
koʻngildan oʻtmay qolganida hazil
onam bilan bittadan чашка кофе bu pazl
faqat ish bilan, pul bilan butun boʻlmaydi
xohlagancha inkor et, sogʻinchni yutib boʻlmaydi
sumkada kerakli narsalar: pul, mayda
bir soat, qiriq минут yoʻl, шопир kulmaydi
yoʻlda olaman patir, ayamga u yoqadi
koʻngil isishni boshliydi, mayda narsalarda qadr
шопир begona emas, u biladi qancha yoʻl bosib oʻtilgan axir bu kunlarga yetgancha
qancha yoʻqotishlar boʻldi yoʻq boʻp ketgancha
jim ketamiz gulistonga yetgancha

[naqarot]
meni gulistonim
oʻn toʻqqiz yoshimda yaqinda qaytaman deb hatladim ostonam’
meni gulistonim
oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim
meni gulistonim
birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
meni gulistonim (meni)
meni gulistonim
[koʻplet 2]
men izladim uzoq, izlarim uzun yoʻl
yozaman deb музон, izladim oʻzimni
topaman deb sevgim’, muzladi bu koʻngil
topdim~u, lekin bu imkoniyatim soʻnggi
men shu yerda topdim deb oʻylagan edim doʻstlar’
har kuni barma bar yurib, aytilardi тост’lar
keyin esa boshlanadi ogʻir ishlar oyi
doʻstlar yoʻqolib qoldi, yoʻqolganda sharoit
qoʻlimda togʻora, somsa sotishga harakat
oldin shu koʻchani yarimi oʻzimga qaragan
kompyuterxona admini haydaydi tashqariga
kecha sevimli mijoz, endi qaragin
koʻcha hamma oʻzimniki, begona yoʻq
bu kunlar ham menga ja ogʻir kelgani yoʻq
bir kuni past, bir kuni baland boʻlar ekan yoʻl
просто qizlarga salom desam, salom degani yoʻq

[naqarot]
meni gulistonim
oʻn toʻqqiz yoshimda yaqinda qaytaman deb hatladim ostonam’
meni gulistonim
oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim
mеni gulistonim
birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
meni gulistonim (meni)
meni gulistonim
[koʻplet 3]
odamlar shoshadi kichkina muammolari bilan
lеkin issiq suvsiz choʻmilishni bari bilar
mirzachoʻlni guliston qilgan gullari bular
chiroyli odamlari va salkam harobalar
bu koʻchani nomi «asfalt koʻcha» haligacha
tekis yoʻllar yetib kelmadi bu mahallagacha
esimni taniganimdan beri shu ahvol
oʻzgarishlar yoʻq va koʻrinmidi hali yechim

[naqarot]
meni gulistonim
oʻn toʻqqiz yoshimda yaqinda qaytaman deb hatladim ostonam’
meni gulistonim
oʻzingdan boshlanadi butun dunyoga yetgan dostonim
meni gulistonim
birinchi muhabbatim, birinchi toʻkilgan qonim
meni gulistonim (meni)
meni gulistonim


Lirik lagu lainnya:

LIRIK YANG LAGI HITS MINGGU INI

Loading...