lirik.web.id
a b c d e f g h i j k l m n o p q r s t u v w x y z 0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 #

lirik lagu konsta - chekish oʻldiradi

Loading...

[«chekish oʻldiradi» qoʻshigʻi matni]

[koʻplet 1: konsta]
kunduzi masqarabozman, hazil men uchun bari
yolgʻiz qob oʻzimdan nafratlanaman tunlari
yoshligim oʻtyapti deb, boramiz kundan kun qarib
chekish oʻldiradi, lekin bu tutun zaril
bu shaharim qotil, orzularimni oʻldirmoqchi
mayamni boʻsh qilib, oshqozonimni toʻldirmoqchi
toʻrt tarafing qibla, lekin uchta yoʻlda soqchi
hamma ishongani ertaga, а ertaga aldoqchi
bilmiman nima kutadi oldinda
toʻrtta devor yoki koshonalar oltindan
vijdon bilanmi yo toʻla hamyon bilanmi?
biron narsa deb boʻmidi oldindan
qoʻrqasan odam, qoʻrqasan odam
ayt~chi, sen qachon toʻyasan, odam?
biron narsa deb boʻlmidi oldindan
nega oʻzingni xudo koʻrasan, odam?

[naqarot: konsta]
mayli koʻp, mayli koʻp sinovlari boʻlsin
mayli xoʻp, mayli xoʻp, dushmanlarim kulsin
mayda bu, mayda bu qadamlarim’ bosib
yetaman orzuga baribir, boʻlaman munosib
mayli koʻp, mayli koʻp sinovlari boʻlsin
mayli xoʻp, mayli xoʻp, dushmanlarim kulsin
mayda bu, mayda bu qadamlarim’ bosib
yetaman orzuga baribir, boʻlaman munosib
[cholgʻu qismi]

[koʻplet 2: konsta, abbbose]
doʻstim, menga quyma, men oʻylashim kerak
bu gʻirromchi hayot bilan men oʻynashim kerak
men yutishim kerak, yuz foiz yutishim kerak
orzularim’ ob qoʻyishga yoʻl qoʻymasligim kerak
onam, bugun kutmang, men ketishim kerak
juda uzoqdagi maqsadga yetishim kerak
men yutishim kerak, yuz foiz yutishim kerak
bilmiman, nima bor, lekin borib koʻrishim kerak
yuragingdagi soʻnggi nur oʻlmaydi butkul
«tugadi bir — tugadi kun» demagin har kun
hayotingdagi hamma tunni dardi bir tun
yangi kun, hayot boʻlar uzun
olov boʻlib yonadi qalbingdagi uchqun
uch oylik qish oʻtib ketadi huddi uch kun
jilmaydi san qidirgan bulut
bu yorugʻ tun endi san uchun

[naqarot: konsta]
mayli koʻp, mayli koʻp sinovlari boʻlsin
mayli xoʻp, mayli xoʻp, dushmanlarim kulsin
mayda bu, mayda bu qadamlarim’ bosib
yetaman orzuga baribir, boʻlaman munosib
mayli koʻp, mayli koʻp sinovlari boʻlsin
mayli xoʻp, mayli xoʻp, dushmanlarim kulsin
mayda bu, mayda bu qadamlarim’ bosib
yetaman orzuga baribir, boʻlaman munosib


Lirik lagu lainnya:

LIRIK YANG LAGI HITS MINGGU INI

Loading...