lirik lagu doston ergashev - bo'larkan
jayronning yo’lini kutmasdan
janonning qo’lini tutmasdan
vayrona dillarni titmasdan
onamni o’ylasam bo’larkan
ko’rmasdan yodimda mardini
ko’p qildim dildagi gardini
ey, har kimga so’zlamay dardimni
otamga so’zlasam bo’larkan
janon deb teng bo’ldim qul bilan
sevgisini o’lchadi pul bilan
men nodon bir dasta gul bilan
opamni siylasam bo’larkan
cho’ntakda to’la hamyon qolib
o’tkinchi davr~u davron qolib
to’rttagina issiq non olib
singlimni yo’qlasam bo’larkan
gohida pand yedim do’stdan ham
ba’zida chindan ham, rostdan ham
beminnat g’amxo’rim chindan ham
akamni maqtasam bo’larkan
varaqlab dil degan daftarin
men siqilsam ~ u ko’ngli yarim
ochmi to’qmi deb jigarim
ukamni o’ylasam bo’larkan
umrimni sovurdim shamolga
o’tkinchi, betayin xayolga
o’zimni tutdim savolga
iymonni asrasam bo’larkan
yurmasdan zamondan ko’p nolib
qur’onni dilimga yod olib
qolmasdan bir kuni dod solib
islomni anglasam bo’larkan
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu whozu_ - ding dong
- lirik lagu nathan dawe - 21 reasons (lusso remix)
- lirik lagu iang boi - bonk
- lirik lagu radansa - kargalar
- lirik lagu king krule - dum surfer (live on the moon)
- lirik lagu maximilian höller - 4 uhr nachts
- lirik lagu billy marchiafava - terrible intro
- lirik lagu brad delp and barry goudreau - rockin' away
- lirik lagu marcos vidal - toca a tu pueblo
- lirik lagu yung smoker - indica dreams