lirik lagu barsum - oynadagi aks
[1~kuplet]
qancha, qancha, qancha, qancha san uchun boylik qiymati
muhimi sifati emas, muhimi san uchun eng qimmati
yengi tanishladan qo’ng’iroqlar tinmadi
nafs xor bo’lib ketti, nafsini tiymadi
baxt qo’llari tagida tekin edi tegmadi
pul, pul. har bir daqiqa pullik, bu zamonaviy qullik
yaqinim deb o’ylaganlarin barchasi bir tiyin, barchasi bir kunlik
o’zini o’zi unutgan, naqadar og’irdir shaxsi
hammasiga sababdor uni oynadagi aksi
umid yurakda bo’sa bordir, taqdir gulxanida barchasi yondi
hech bo’lmaganda yoshlik orzusidan bir parcha asrab qoldir
tirikligingni yagona omili tomiringda oqadigan bu qondir
tirikligingni yagona omili tomiringda oqadigan bu qondir
qorong’u xona, san yoqqin chiroq
yorug’lik asli qo’rqinchiliroq
qorong’u xona, san yoqqin chiroq
yorug’lik asli qo’rqinchiliroq
mehr yoki qaxr, asal yoki zaxar
baxtlik yoki taxtlik, keldi sani vaqting
[naqorat]
man parvona, parvozda, ozodlik
yorug’likka intilib, ko’zga ko’rinmas yovuzlik
man parvona, parvozda, ozodlik
baxtli bo’lishga to’sqinlik, qilmas hatto yolg’izlik
man parvona, parvozda, ozodlik
yorug’likka intilib, ko’zga ko’rinmas yovuzlik
man parvona, parvozda, ozodlik
baxtli bo’lishga to’sqinlik, qilmas hatto yolg’izlik
[2~kuplet]
dunyo asli qorong’u emas, qorong’u ko’zlarinda, hamma gap hayolingda
inson qalbi asli befarq emas, balki befarq faqat sani so’zlaringda
aslida yo’q har xil muammolarni hayotda, hayolda o’ylab topamiz
hayolni o’zimiz zaxarlab, o’z botqoqimizda sekin asta botamiz
boshingni ko’tar, qara naqadar dunyo go’zal
virtual hayottan chiq, atrofga tashlagin birgina nazar
vaqt yuvadi hammasini, asta tozalanar ong
o’tar ketar hammasi, hatto eng qorong’u tundan keyin kelar yorug’ tong
o’tmishni ko’p o’ylama, kelajak ko’proq ilhomlantirar
molu dunyo so’rama, intilganni harakatta barakatlantirar
san o’ylaganingdan kuchliroq, o’z o’zingdan kuchliroqsan
sanga ishonmaganlardan yurgin yiroq, san ulardan boshqacharoqsan
qorong’u xona, san yoqqin chiroq
yorug’lik asli qo’rqinchiliroq
qorong’u xona, san yoqqin chiroq
yorug’lik asli qo’rqinchiliroq
mehr yoki qaxr, asal yoki zaxar
baxtlik yoki taxtlik, keldi sani vaqting
[naqorat]
man parvona, parvozda, ozodlik
yorug’likka intilib, ko’zga ko’rinmas yovuzlik
man parvona, parvozda, ozodlik
baxtli bo’lishga to’sqinlik, qilmas hatto yolg’izlik
man parvona, parvozda, ozodlik
yorug’likka intilib, ko’zga ko’rinmas yovuzlik
man parvona, parvozda, ozodlik
baxtli bo’lishga to’sqinlik, qilmas hatto yolg’izlik
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu honey (fra) - trou noir
- lirik lagu brown eyed girls - 여자가 있어도 (even if you have a girl)
- lirik lagu dżajkel - don't matter
- lirik lagu pink police punk - famoso
- lirik lagu imaginário - o homem que lembrou dos sonhos
- lirik lagu bxw (ビーエックスダブリュー) - takaiyumeni
- lirik lagu bruxo - nota de 200
- lirik lagu the knack - shine
- lirik lagu aleksi campagne - c’est drôle comme ils s’aiment
- lirik lagu moagy - memories