lirik lagu bahrom nazarov - olti yoshli qiz
soy qirg’oqda olti yoshli qiz
turar yig’lab, suvni sho’rlatib.
oh, shunchalar dilsizmi dunyo?
murg’ak dilni qo’ydi xo’rlatib.
qo’lchasida maydagul ro’mol,
yuzin bosar, hidlaydi to’yib.
goh ro’molga so’zlashar, ey voh,
bor dunyoni bir chetga qo’yib.
pichirlaydi: “nedir gunohim,
nega bunday ayriliq judo?” {}
yolvoraman, nimam olsang ham,
sen onamni qaytib ber, xudo. {}
go’zal edi, cheksiz mehribon,
erka edim, berardim savol.
bugun yolg’iz, boqaman holsiz,
sen onamga o’xshaysan, hilol.
nima ko’rdim? har lahzada dard,
bunda har ne, topilarkan osh.
qachonlardir qo’lim kuydirgan,
sen onamning kulchasi – quyosh.
qo’msayabman dilimda t-troq,
poying izlab ovora halak, {}
ming urinmay menga benasib,
sen onamni o’pib qo’y, falak. {}
soy qirg’oqda turar olti yoshli qiz,
yig’laydi zor, ko’nglida nido.
pichirlaydi: “jonim ol, haqqi –
kel, onamni qaytib ber, xudo…”
Lirik lagu lainnya:
- lirik lagu into the ark - burning love (acoustic)
- lirik lagu sophie - fried sushi
- lirik lagu jono mccleery - dream letter
- lirik lagu jesika - jesteś mym sercem i duszą
- lirik lagu feeki - better
- lirik lagu lord huron - never ever
- lirik lagu ministri - fidatevi
- lirik lagu atom ชนกันต์ - ทางของฝุ่น
- lirik lagu lil' eagle - balmain
- lirik lagu b-legit - stunna man